IJODKOR OBRAZINING BADIIY TALQINIDA PSIXOLOGIZM
Keywords:
Uslub, hikoyachilik, psixologizm, muallif, ijodkor, obraz.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada bugungi kunda ijodkor obrazining badiiy talqinida psixologizm va uning xususiyatlari muhim o‘rin tutishi borasida atroflicha fikr yuritilgan. Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni qog‘ozga tushiradi. Shuning uchun har bir tirik asarga yozuvchining dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Sh.Xolmirzayev, E.A’zam, N.Eshonqul kabi adiblarning asarlarida tasvirlangan ijodkor obrazlarini tahlilga tortdik va bu asarlarda ijodkor obrazi qay tarzda tasvirlanganligi, adiblarning portretdan foydalanish uslublari, qahramon dunyoqarashi, xarakteri va bu xarakterlarni shakllanishida ijtimoiy sharoit, ijtimoiy muhit ta’siri qay darajada ekanligini, mustaqillik davri nasrida ijodkor obrazi qanday qiyofada tasvir etilganligini kuzatdik. Qissa va hikoya qahramonlari xarakterini ochishda adiblar ijtimoiy muhit va ijtimoiy sharoit tasvirini beradi. Ijtimoiy muhitning ijodkor dunyoqarashiga ta’sir etishini turlicha baholaydilar. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida ijodkor obrazini davr muhitiga emas, balki inson birinchi planga chiqadi. Barcha ko‘rguliklarga insonning o‘zi sababchi ekanligini uqtirsa, N.Eshonqul “Momoqo‘shiq” qissasidagi Sh.Saloh, “Tun panjaralari” qissasidagi ismsiz qahramon ijtimoiy muhit orqali adib o‘zi yashagan davrning ijodkor ruhiyatiga qay darajada ta’sir etganligini ko‘rsatadi, E.A’zamning “Shoirning to‘yi” qissasidagi qatag‘on shoir, “Yozuvchi” hikoyasidagi domla obrazi orqali esa adib bu muhit qahramonni qay darajaga olib kelishi mumkinligini tasvirlaydi.
Istiqlol davri nasrida ham yozuvchilar o‘z o‘y-kechinmalarini, ijod jarayoni mashaqqatlari, ijodkor ruhiyatidagi evrilishlar, ko‘nglining tub-tubidagi dard va armonlarini asarlardagi ijodkor obrazlari orqali ifoda etishdi. Sh.Xolmirzayevning “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi” (Qudrat aka), “Yozuvchi” (Odil Yoqubov), “Bulut to‘sgan oy” (Quvvatjon) kabi hikoyalarida, E.A’zamning “Shoirning to‘yi” (Otashqalb shoir) qissasi va “Yozuvchi” (domla) hikoyasida, N.Eshonqulning “Momoqo‘shiq” (Shamsi Saloh) va “Tun panjaralari” (Ismsiz qahramon) qissalarida ijodkor ruhiyatining goho jo‘shqin, goho tushkin, goho alamli (achchiq), goho quvonchli (shirin) kayfiyatlarini, ijtimoiy muhit va sharoitga bo‘lgan tanqidiy qarashlarini ro‘y-rost tasvirlaydilar.
References
Tamarchenko N.D. Teoreticheskaya poetika: ponyatiya i opredeleniya. Xrestomatiya dlya studentov filologicheskix fakultetov. – M.: RGGU, 1999. – Slovar .Wielpert G. von. Sachw? rterbuch der literature. –S. 264-265.
Kojinov V. Rasskazchik // Slovar literaturovedcheskix terminov. 1964. – S. 310-411.
Losa M.V. Yosh romannavisga xat // Sharq yulduzi. – 2012. № 4. – B. 157.
Eshonqul N. Momoqo‘shiq. / Yalpiz hidi. Toshkent: Sharq, 2008. – B. 161.
Mandelshtam O. Yegipetskaya marka. – L., 1928. – S. 67.
Orlova Ye.I. Obraz avtora v literaturnom proizvedenii: uchebnoe posobie. – M.: MGU, 2008. – S. 44.
Ilin I.P. Implitsitnыy avtor Tekst / I.P. Ilin // Zapadnoe literaturovedenie XX veka: Ensiklopediya / Gl. red. Ye.A. Surganova. – M.: Intrada, 2004.
Losa M.V. Yosh romannavisga xat // Sharq yulduzi. – 2012. № 4
http^ www.ulugbek hamdam.uz. Hamdam U. Yangi avlod ovozi., Suhbat.
Mahmudova Sh..A. Artistic psychologizm in uzbek literature of the twentieth century// Omega science. – Kirov,2019. https://os-russia.com/arh-conf
Mahmudova Sh.A. The concept ofpsychologism in the literature, techniques and metods of psychological image. – Nauchniy vesti,2019
Esin A.B. Psixologizm russkoy klassicheskoy literaturы. – M., 1988.
Kompanees V.V. Xudojestvennыy psixologizm v sovetskoy literature (1920-ye godы.) – T., 1980. – S. 113.
Umurov H.I. Saylanma. Birinchi jild. Risolalar. – T.: Fan, 2007. – B. 42.
Uellek R i Uorren O. Teoriya literaturы. – M.: Progress, 1978. – S. 95-107.
Yesin A.B. Psixologizm russkoy klassicheskoy literaturы. – M., 1988. – S. 176.
Rikyor P. Konflikt interpretatsiy: Ocherki o germenevtike. – M., 1995. – S. 339.
Mahmudova Sh.A. Ijodkor va ijodiy biografiya. Toshkent. “Alfraganus” xalqaro ilmiy jurnal. ISSN:2992-8974. 4-son. (9).2023. 50-bet. ORCID: 0009-0003-1095-1723. shohistaxon.mahmudova@mail.com.
Qahhor A. Asarlar. 6 tomlik, T. 6. – T., 1971. – B. 277.
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent.: Xalq merosi. 2004. – B.70.
Xolmirzayev Sh.Saylanma. – Toshkent: Sharq, 2005. – B. 351.
A’zam E. Pakananing oshiq ko‘ngli. – Toshkent: Ma’naviyat, 2011. – B. 60.