SHIFOBAXSH BO`YOQDOR RO`YAN (RUBIA TINCTORUM L.) O`SIMLIGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATI VA KO`PAYTIRISH USULLARI
Keywords:
dorivor o`simlik, yetishtirish, farmatsevtika, xomashyo, gul, meva, ko`paytirish, ildizpoya, harorat, o`g`it, urug`.Abstract
Ushbu maqolada Bo`yoqdor ro`yan o`simligining dorivor xususiyatlari va etishtirish usullari haqida so`z boradi. Bo`yoqdor ro`yan o`simligining vatani O`rta yer dengiz mamlakatlari hisoblanadi. Tabiiy holda sharoitimizda o`sadi. Asosan ariq bo`ylarida, butalar orasida, kanallar bo`yida, dalalarda va bog`larda o`sadi. Asosan urug`idan va ildizpoya qalamchalaridan ko`paytiriladi. Tuproq harorati 10-12°C bo`lganda mart oylarining o`rtalarida gektariga 13-15 kg urug` sarflanadi. Urug`ni ekish chuqurligi 4-5 sm dan kam bo`lmasligi lozim.
References
Ahmedov O`., Ergashev A., Abzalov A., Yulchieva M. Dorivor o`simliklar etishtirish texnologiyasi va ekologiyasi. Toshkent, 2009. B-74-77.
Karimov B., Shomaxmudov A. Xalq tabobati va ilmi tibda qo`llaniladigan shifobaxsh o`simliklar. Toshkent, Ibn Sino nashriyoti, 1993. B-320-322.
Xolmatov X.X., Qosimov A.I., Dorivor o`simliklar. Toshkent Ibn Sino nashriyoti, 1994. B-368-371.
Pratov O`., Shermatov G`., O`simliklarni muhofaza qilish – umumxalq ishi. Toshkent, Fan nashriyoti, 1991. B- 60-65.