O‘QUVCHILARINING OPTIMAL SONINI BELGILASH.
Abstract
Rivojlangan davlatlarining ta’lim tizimlarini o‘rganar ekanmiz, ushbu ta’lim tizimlarining bugungi kundagi muvaffaqiyatlarining sabablariga duch kelamiz. Ba’zi ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlarning asosiy sabablaridan biri sifatida sinfdagi o‘quvchilar sonining kam bo‘lishini keltirib o‘tishsa, ba’zi olimlar esa bu fikrga qo‘shilmaydilar. So‘nggi yillarda G‘arb davlatlarida maktablarda sinf qamrovini kamaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlar ko‘pincha muvaffaqiyatli amalga oshmoqda. Buning sabablaridan biri sifatida G‘arb davlatlaridagi demografik ko‘rsatkichlarning yildan yilga pasayotganligi ko‘rsatiladi.