BADIIY MATNDA SO'ZLAR JILOSI
Creators
Description
Dunyo tilshunosligi tilning jamiyat taraqqiyoti, inson tafakkuri, his-tuygʻulari bilan uzviy bogʻliqligi tufayli inson ongida paydo boʻlgan tushunchalar hamda subyektiv munosabatlar nutq orqali yuzaga chiqishi aniqlangan. Til tizimiga antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida yondashilib, lisoniy imkoniyatlarning badiiy nutq sifatida voqelanishini tadqiq etuvchi lingvostilistikaning nazariy hamda amaliy jihatlariga xos qonuniyatlarni tasniflash, muayyan badiiy matnlar asosida umumiy lingvopoetik imkoniyatlarni ijodkor uslubi~til imkoniyati~badiiyat mahsuli mushtarakligi tamoyili asosida oʻrganish bugungi kunda ham ahamiyatlidir.
Ma’naviyatimizning bir boʻlagi, milliylikning asosi boʻlgan tilimizni asrash, uni milliylik zaminidan uzilmagan holda tadqiq etish va rivojlantirish, til imkoniyatlari va sara badiiy asarlar orqali insoniyatning oʻz-oʻzini, oʻzgalarni, qolaversa, butun olamni anglashi kabilarni oʻzaro aloqadorlikda, uzviylikda atroflicha tadqiq etish, milliy-madaniy yuksalish uchun ham muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada har qanday badiiy asarning o‘quvchi qalbiga kirib borishi hamda yashovchanligini ta’minlashda muhim bo‘lgan ijodkor uslubining o‘ziga xos qirralari hamda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq lingvostilistik jihatlar haqida fikr yuritiladi.
Files
Adizova Nilufar Istamovna.pdf
Files
(912.3 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:217b0413e440094b703ba46c3962f8e2
|
912.3 kB | Preview Download |