DINLARARO TOTUVLIK VA RADIKALIZMNI YENGISH

Authors

  • Rahmonova Dilnoza O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi E-mail:muslimarahmonova371@gmail.com

Keywords:

Dinlararo totuvlik, “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi, “Al-qoida”, “Musulmon birodarlari”, “Hizbu-t-tahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar”, “islom terrori”, “islom fundamentalizmi”, “islom ekstremizmi”, aqidaparastlik, bag‘rikenglik.

Abstract

Ushbu maqolada dinlararo totuvlik, bag’rikenglik tamoyillari va radikalizmga qarshi kurashish va uni yengish kabi masalalar ilgari surilgan. O‘zbek millati azal-azaldan ko’p millatli xalq bo’lib tanilib kelgan. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida 130dan ortiq millat va ellatlarning tinch-totuv, har biri bir-biri bilan do‘stona hayot kechirayotganligini inobatga oladigan bo’lsak, bu diyor naqadar bag‘rikeng va xalqsevar davlat ekanligining guvohi bo’lamiz.  Shuningdek, bu diyor qancha ulamolarni o‘z bag‘riga olgan jannatmakon diyordir.

Bugungi kunda din ravnaqi uchun tosh otuvchi oqimlar va harakatlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Bunday radikal kuchlarga qarshi qo‘ldan kelguncha ma’naviy kurashmoqlik darkor.

O‘tmishda mo‘taziliylar, xavorilar, rofiziylar, qadariylar, jahmiylar din dushmanlari islomga yetkazolmagan zararni keltirishgan bo'lsa, hozirgi vaqtda “Al-qoida”, “Musulmon birodarlari”, “Hizbu-t-tahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar” va yana dinni targ‘ib qilish niqobi ostidagi bir qancha firqalar mavjudki, ularning paydo boʻlishining bosh omili diniy mutaassiblik va g‘uluga ketishlikdir.

Zero, Allohning eng buyuk ne’mati, biz yashab turgan olamning eng ajoyib mo‘jizasi bo‘lmish inson hayotiga tajovuz qilishga qaratilgan har qanday ko‘rinishdagi tahdidlar katta gunoh ekan, har bir kishi bu ne’matni asrab-avaylashi, unga xiyonat qilmasligi lozimdir. Bu biz yosh avlodning Vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir, shuningdek, Alloh ne’mat qilib bergan bu tinchlik va farovonlikning shukronasi o‘laroq qo‘ygan ilk qadamimizdir.

References

S.Saidjalolov, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”. “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent – 2019.

Shayx Abdulaziz Mansur “Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri”. Toshkent-2009.

S.Saidjalolov, “Islomdagi mazhablar va oqimlar”. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent – 2012.

https//darakchi.uz/index.php/oz/132024

S.Saidjalolov, “Islomdagi yo‘nalish va mazhablar”. “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi” nashriyot-matbaa birlashmasi. Toshkent – 2021.

Downloads

Published

2023-07-03

Issue

Section

Articles