YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Milliy istiqlol g‘oyasi, Mafkura, psixofiziolog, mafkuraviy immunitet, individuallik, iyerarxik tizim, kontetn tahlil, korrelyasion tahlil, ideologiya, politeizm.Abstract
Ushbu maqolada yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik asoslari hamda milliy istiqlol g‘oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini yoritib berilgan. Mafkura nima, u qanday g‘oyalar asosida shakllanadi va qay tarzda jamiyatni harakatga keltiradi? Nega ayrim Mafkuralar ba’zi millatlarning, yuksalishiga sabab bo‘lsa, ayrimlari butun-butun xalqlarni inqiroz va tanazzulga duchor etadi? «Milliy istiqlol g‘oyasi» bo‘yicha mazkur mashg‘ulotimiz aynan shu va shu kabi masalalar talqiniga bag‘ishlangan. Inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Inson – ongli mavjudot. Ongni shartli ravishda ikki katta qismga bo‘lish mumkin: birinchisi, insonning ruhiy olami; ikkinchisi – fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruxiy olam (bu soxani ruxshunoslik ilmi – psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idroq, tasavvur, kechinma, xis-xayajon, diqqat, xotira va boshqalarni qamrab oladi. Tafakkurning mantiqiy shakllariga tushuncha, xukm va xulosa kabilar yoritib berilgan.
References
Andreyeva G.M.Sosialnaya psixologiya:-Uchebnik.-2-ye izd. -M.:Izd-vo MGU,1988.- 432 b.
Baratov Sh.R. Sosialno-psixologicheskiye i nauchno-prakticheskiye osnovы sozdaniya psixologicheskoy slujbы v Uzbekistane: avtoref. dis. dok. psixol. nauk. Toshkent 1998.-37 s.
Beruniy A. Tanlangan asarlar. II tom. Toshkent, 1965. - 125 bet
Barotov Sh.R.Boshlang‘ich ta’lim tizimida psixologik xizmat muammosi/ Boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari.Resp. ilmiy-amal.anjum.ma’ro‘zalarining tezislari.-Buxoro,-1995.-B.15-21.
Vыgotskiy L.S. Sobr.soch. T.4., M.: Pedagogika, 1984.
Isoqova M.T. Milliy an’analar va ijtimoiy omillar ta’sirida ilk o‘spirinlarda ma’naviy tasavvurlarni shakllantirish. Fan nomzodi... diss. avtoref., -T., -1999. Karimova V.M. Yangi turdagi ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning psixologik muammolari//Yangi turdagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim tarbiyaning samaradorligini oshirishning psixologik muammolari.Toshkent, 1 998.-10-13 betlar.
Barotov Sh.R.O‘quvchi shaxsini o‘rganish usullari -T.:O‘qituvchi, 1995.- 56 b.
Barotov Sh.R. Kichik yoshdagi o‘quvchilar faoliyatini baxolash.-T.: O‘qituvchi,1992 -48 b.
Internet saytlari
www/http/arxiv.uz
www/http/ ziyonet.uz