O’ZBEK SHE’RIYATIGA QADIM XALQONA OHANGLARNI QAYTARISHGA URUNGAN ISTE’DODLI ADIB…
Abstract
O’zbekiston xalq shoiri , o’zining sermahsul ijodlari bilan o’zbek she’riyatiga qadimiy xalqona ohanglarni qaytarishga urungan serqirra ijodkor bu To’ra Sulaymondir. U 1934 –yilning 15-fevralida Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Aldashmon qishlog’ida dunyoga kelgan.SHoirning bolaligi ham qama-qamalar avjiga chiqib,xalq dushmanlari va ularning dumlarini fosh qilish jarayonlari vaqtlariga to’g’ri kelgan.SHoirning otasini ham mushtimzo’rsifatida qamoqqa oladilar.SHoir To’ra Sulaymon oddiygina qishloq maktabida o’qiydi,o’qishni bitirgach esa yillar moboynida bolalarga turli fanlardan dars berib o’qituvchilik qiladi.U Toshkent davlat unversitetining o’zbek filologiyasi fakultetini tugatgan.Bo’lajak shoir ham o’qiydi, ham ishlaydi.Guliston tumanidagi maktablarda ona tili va adabiyot fanlaridan bolalarga saboq beradi, ,, Sirdaryo haqiqati’’ gazetalarida xodim, bundan tashqari O’zbekiston yozuvchilar uyishmasining Sirdaryo viloyati bo’limida 1972-1977-yillarda mas’ul kotib, 1977-1981-yillarda esa adabiy maslahatchi bo’lib ishlagan.