CHIZMACHILIK DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY FAOLLIGI VA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Aksonometrik proyektsiya, chizmachilik, individual qobiliyat, grafik savodxonlik, ijodkorlik, konstruktsiyalash, topshiriq, krossvord, loyihalash.Abstract
Ta`lim metodikasida o’quvchilarning individual qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish har bir o’quvchining ijodiy faolligi bilan bog’liq. Ayniqsa, ustalik bilan tuzilgan topshiriqlar ijodiy mustaqillikning namoyon bo’lishiga yuqori darajada ko’maklashadi.
Bunda o’quvchilar topshiriqni tayyor namunalar bo’yicha bajarmasdan, balki bu jarayonga qandaydir yangilik qo’shib, qo’yilgan masalani yechishda zamonaviy metodikadan foydalanib, o’z mulohazalarini bildirib, o’rganilayotgan hodisadagi o’zlari uchun yangi qirralarni ochadilar. Bunday sharoitda o’quvchi bilish faoliyatining yangi metodlarini egallaydi. Ijodiy bilish o’rganilayotgan hodisaning yangi qirralarini ochishni, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, o’quv materialini o’rganishning yanada mukammal metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi.
References
Рўзиев Э.И., Аширбоев А. “Муҳандислик графикасини ўқитиш методикаси”. – Т. «Янги аср авлоди», 2010 й.
Рўзиев Э.И., Латипов Р.А. “Ўқувчиларнинг график маданияти ва ижодий қобилиятини шакллантириш”.-Урганч, “Педагогик тадқиқотлар” 2011й.
Ro`ziyev E.I., Latipov R.A. “Chizmachilikdan ijodiy topshiriqlar” (umumiy o`rta ta’lim maktablari o`qituv-chilari uchun qo`llanma) Urganch: 2012 y.
Karimov.X.O.Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning ijodiy tasavvurlarini rivojlantirish. European Journal of Interdisciplinary Research and Development. Volume - 22. December 2023. www.ejird.journalspark.org. -370.Page